
"Vulverxempton" murabbiy top klubga o‘tishi kutilmoqda
"Vulverxempton" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda "The Sun" xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, Santuning agenti Jorje Mendesh murabbiyga yangi jamoa izlamoqda. Mendesh mijoziga top klub topmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Eshpiritu Santu nomzodi "Arsenal"ga taklif qilingan, biroq "kanonirlar" rahbariyati Mikel Artetaga ishonishda davom etmoqda.
Fikrlar