“Vulverxempton”ga Vinisius kerak
Angliyaning “Vulverxempton” jamoasi “Benfika” klubi hujumchisi Karlos Vinisius transferini shu yozdayoq hal qilmoqchi.
“Bo‘rilar” murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu uni jamoa forvardi Raul Ximenesga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Shuningdek, agar Ximenesga boshqa klublardan manfaatli taklif chiqsa, uni qo‘yib yuborishlari ham mumkin.
Braziliyalik Vinisius ushbu mavsum “Benfika”safida barcha musobaqalar doirasida o‘z hisobiga 19 gol va 5 ta assist yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar