VXL. "Humo" mag‘lubiyatlar seriyasiga chek qo‘ydi

CHERY AUTO

Toshkentning "Humo" klubi Chelyabinskda mahalliy "Chelmet" klubiga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli tarzda kechgan uchrashuvning dastlabki davrida hisob ochilmadi. Ammo ikkinchi davrning dastlabki soniyalaridayoq mezbonlar Korinevskiy tomonidan kiritilgan shayba evaziga hisob ochishga erishdilar.

Tecno

Shunday bo‘lishiga qaramasdan Evgeniy Popixin shogirdlari bellashuv ekvatorida muvozanatni tiklashga erishdilar. Artyom Voroshilo raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Davr so‘nggida esa Semyon Valuyskiyning goli esa toshkentliklarga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, "Humo" o‘zining to‘rt o‘yinlik mag‘lubiyatli seriyasiga barham berdi va Ural turnesini g‘alaba bilan nihoyasiga etkazdi. Endi "ko‘k-olov ranglilar" o‘zlarining navbatdagi uchrashuvini Toshkentda 3 oktyabr sanasida "Rubin"ga qarshi o‘tkazadi.

"Chelmet" (Chelyabinsk) - "Humo" (Toshkent) - 1:2 (0:0, 1:2, 0:0)

1:0 - Korinevskiy - 20:27,

1:1 - Voroshilo (Popov) - 29:09 GB,

1:2 - Valuyskiy (Grigorenko, Sorokin) - 37:53 GB.

Darvozabonlar: Suxachyov - Smiryagin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!