"VXL qo‘rqinchli tarzda korruptsiyaga botgan" – Rossiya U-20 termasi ustozi

  • 6 yanvar, 2020, 15:54
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Rossiya yoshlar (U-20) terma jamoasi bosh murabbiyi Igor Larionov yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida Kanadadan (3:4) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng mamlakatda xokkey rivoji borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Biz mamlakatimiz uchun kuchli jamoalar shakllartishimiz kerak. Bizda MXL (Yoshlar xokkey ligasi) qo‘rqinchli korruptsiyaga botgan, VXL (Oliy xokkey ligasi) ham qo‘rqinchli tarzda korruptsiyaga botgan. KXL (Mintaqaviy xokkey ligasi) esa qariyalarning hisobiga kuchli bo‘lib turibdi.

Sport barcha erda yosharmoqda. Biz bu yigitlarni yo‘qotib qo‘yishimiz kerak emas", - dedi Larionov.

Ma’lumot uchun, VXLda Toshkentning "Humo" jamoasi ham ishtirok etib keladi va "qanotlilar" birinchi konferentsiyada 46 ochko jamg‘argan holda jadvalda 7-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!