WADA prezidenti Rossiya terma jamoasining Evro-2020 da ishtirok etish yoki etmasligiga oydinlik kiritdi
Butunjahon antidoping agentligi (WADA) prezidenti Vitold Banka Rossiya terma jamoasining Evro-2020 dan chetlatishi mumkinligi borasida tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“WADAning tavsiyasi faqatgina Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, Evropa o‘yinlari va Jahon chempionatiga taaluqli. Shu bois Rossiya terma jamoasini Evro-2020 dan mahrum etish imkonsiz”, - deydi Banka.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Rossiya sportchilari 4 yilga har qanday xalqaro turnirlardan chetlatilishi mumkinligi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar