
WBC chempioni Devin Xeynining raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Engil vazn toifasida (61,2 kg) amerikalik WBC chempioni Devin Xeyni (24-0, 15 KO) himoya jangida ringga ko‘tariladi.
Uning raqibi kubalik Yuriorkis Gamboa (30-3, 18 KO) bo‘ladi. Jang AQShning Florida shtatida 7 noyabr kuni tashkil qilinadi. Xeyni so‘nggi jangini 2019 yil 9 noyabrda dominikanlik Alfredo Santyagoga qarshi o‘tkazib, g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Gamboa 2019 yil 28 dekabrda mazkur vaznning etakchilaridan biri Jervonta Devisga texnik nokaut evaziga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Ma’lumot uchun, 17 oktyabr kuni ushbu vazn toifasida eng nufuzli WBC "Franschise", WBA, WBO Super va IBF kamarlari uchun Vasiliy Lomachenko hamda Teofimo Lopes ringga ko‘tariladi.
Fikrlar