WBC Grand-prisi. Mujibillo Tursunov yarim finalda!

  • 13 avgust, 17:16
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida professional boks bo‘yicha WBC Grand-prisining navbatdagi bosqichi o‘tkazilmoqda.

Tecno

To‘rtta divizionda tashkil etilayotgan Grand-prining bugungi bellashuvlari doirasida o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustasi Mujibillo Tursunov ringga ko‘tarildi.

Hamyurtimizga Meksika vakili Misael Kabrera raqiblik qildi.

Ahamiyatlisi, 6 raundlik bellashuv to‘liq davom etib, yakunda Mujibillo ochkolar hisobiga ko‘ra zafar quchdi. Bu g‘alaba orqali Tursunov WBC Grand-prisining yarim final bosqichi chiptasini qo‘lga kiritdi.

Endilikda Andijonda tug‘ilgan Mujibillo Tursunov hisobida 8 ta jangda qo‘lga kiritilgan 8 ta g‘alaba mavjud.

Ma’lumot uchun, birozdan so‘ng yana bir yurtdoshimiz Ayubxon Baxtiyorov va meksikalik Brendon Maskueto to‘qnashuvi start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!