WBC yanvar oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi

  • 24 fevral, 2020, 11:56
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

 WBC yanvar oyi uchun o‘zining yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik bir qator bokschilar reytingdan o‘rin egallagan. 

-76,2 kg vaznda toifasida WBC Silver kamari sohibi Azizbek Abdug‘ofurov (13-0, 5 KO) avvalgi oydagi o‘rnini saqlagan holda 2-pog‘onada qayd etilgan. 

-66,68 kg vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazadigan Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) esa reytingda ikki pog‘ona pastlab 7-o‘ringa joylashdi. 

 -76,2 kg vazn toifasidagi yana bir hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev (5-0, 4 KO) ayni vaqtda  39-o‘rinda qayd etilgan.

-63,5 kg vazn toifasidagi yurtdoshimiz Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) qayd etdi. Shohjahon avvalgi oyga nisbatan 7 pog‘ona ko‘tarilishga erishib, 25-pog‘onadan joy oldi. Ushba vazn toifasidagi yana bir bokschimiz Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) esa bir pog‘ona o‘sishga erishgan holda, 21-o‘rinni egallagan. -48,99 kg vaznda harakat qilayotgan Hasanboy Do‘smatov (1-0, 1 KO) ham avvalgi oydagi natijasidan uch pog‘ona yuqorilab, 31-o‘rinda qayd etilgan.

+90,7 kg vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov (6-0, 6 KO) 39-pog‘onada,  WBC Asia chempionlik kamari sohibi Anvar Turopov (5-1, 4 KO) 40-o‘rinda, 63.5 kg vaznda WBC Sharqiy Evropa va MDH davlatlari chempionlik kamari sohibi Jamshid Najmiddinov (14-1, 11 KO) 40-pog‘onada, -69,85 kg vazn toifasidagi vakilimiz Isroil Madrimov (4-0, 4 KO) esa 34-o‘rinda e’tirof etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!