
WBO tashkiloti Bektemir Meliqo‘zievning sobiq raqibiga chempionlik kamari himoya jangini buyurdi
Professional boksning o‘rta vazn toifasida WBO chempioni qozog‘istonlik Janibek Alimhanuli (13-0, 8KO) va da’vogar britaniyalik Liam Smit (33-3-1, 20KO) jangiga buyruq berilib, tomonlar kelishuvga erishishi uchun 20 kun muddat belgilandi. Ushbu vaqt ichida muzokaralar besamar ketsa, WBO tomonidan promouterlik savdosi tashkil etiladi. Unda ishtirok etishning minimal narxi 200 ming dollar etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilgi Osiyo chempionati chorak finalida hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev 19 yoshida o‘sha vaqtda amaldagi jahon chempioni hisoblangan Janibek Alimhanulini mag‘lub etgan edi.
Fikrlar