
"Whoscored.com" portali Eldor Shomurodovga ball qo‘ydi (Foto)
Italiya chempionati 29-turida "Udineze" - "Roma" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda durang qayd etildi - 1:1.
Dastlab, Lusero 15-daqiqada hisobni ochdi. 65-daqiqada Abraxam o‘rniga maydonga tushgan Shomurodov uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqada penalti ishladi. Natijada Pellegrini 11 metrdan to‘pni darvozaga yo‘llab, rimliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Statistika bilan shug‘ullanuvchi "Whoscored.com" portali futbolchilarning harakatlarini baholadi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 6.2 ballga loyiq ko‘rildi.
Quyida "Whoscored.com" portalining futbolchilarga qo‘lgan ballari bilan tanishing:
Fikrlar