"Women’s Chess Championship" IV xalqaro turniri bugun boshlanadi
Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollar oʻrtasida "Women’s Chess Championship" IV xalqaro shaxmat turniri oʻtkazilmoqda. Musobaqa ayollar shaxmatini rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda 2026 yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi oldidan muhim tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.
Turnir 10-14 mart kunlari Buxoroda boʻlib oʻtadi va 3 guruhda oʻtkaziladi:
"MASTERS"
10 nafar ishtirokchi: reytingi 2450+ boʻlgan 7 nafar xorijiy shaxmatchi va 3 nafar Oʻzbekiston vakili.
"CHALLENGERS"
FIDE reytingi 1800 va undan yuqori boʻlgan shaxmatchilar.
"FUTURES"
FIDE reytingi 0–1899 boʻlgan shaxmatchilar.
Musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi — 70 000 AQSh dollarini tashkil qiladi va vaqt nazorati klassik. 9 turda har bir oʻyin 60 daqiqa va har bir yurish uchun 30 soniya vaqt qoʻshib boriladi.
"Masters" guruhi - aylantma, "Challengers" va "Futures" guruhlari shveytsarcha tizimda oʻtkaziladi.
Fikrlar