Xabi Alonso APLning ikki grand klubidan birida ish boshlashi mumkin
"Real Madrid"ning sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso APLning ikki grand jamoasidan birida ish boshlashi mumkin. Bu haqida "Fijaches" nashri xabar bermoqda.
Manbada berilgan ma'lumotga ko‘ra, ayni vaqtda ispaniyalik mutaxassisning xizmatlariga "Manchester Siti" va "Liverpul" jamoalari qiziqish bildirmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, "shaharliklar" yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Gvardiolaning o‘rniga Xabini munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. "Qizillar" esa Slotning qoniqarsiz natijalari tufayli Alonso nomzodini ko‘rib chiqyapti.
Ma'lumot uchun, 44 yoshli mutaxassis yozda "Real" bosh murabbiyi qilib tayinlangan edi. Ammo yaqinda mutaxassis Madrid klubidan iste'foga chiqarildi.
Fikrlar