Xabi Alonso: "Bayer" menga ishondi va bu klub chempion bo‘ldi"

  • 9 may, 18:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etishini rasman ma’lum qildi. Shu munosabat bilan u o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.

Tecno

"Men "Bayer", futbolchilarim va murabbiylar shtabimga, klubning barcha xodimlariga hamda, albatta, ajoyib muxlislarga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Bizning muvaffaqiyatimiz jamoaviy ishning yuksak namunasidir.

Meni qo‘llab-quvvatlagan va katta ishonch bildirgan bu klub Germaniya chempionligini ilk bor qo‘lga kiritishga to‘la haqli edi. Berlindagi Germaniya kubogi finalidagi g‘alaba ham bu muvaffaqiyatga yorqin tamg‘a bo‘ldi.

Menga bunday imkoniyat yaratgan barchaga hurmat va minnatdorlik bildiraman.

"Bayer" kelajakka tayyor. Bu ijobiy yo‘nalish davom etadi va men albatta, klubni qiziqish bilan kuzatib boraman" – deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!