Xabi Alonso: Bolalar bogʻchasiga kelganimni bilmagan ekanman!

  • 14.01.2026 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Xabi Alonso “Real” bosh murabbiyligidan ozod etilganidan keyin uning boshqaruv davrida yuz bergan turli voqealar omma e’tiboriga havola etila boshlandi.

Marca nashri “Real”ning noyabr oyidagi mashg‘ulotlarida Xabi Alonsoning jahli chiqargan vaziyat haqida ma’lum qildi. Unda aytilishicha, Xabi Alonso mashg‘ulot chog‘ida futbolchilaridan qattiq g‘azablanib, ularga quyidagicha baqirgan:

“Men bolalar bog‘chasini mashq qildirishga kelganimni bilmasdim!”

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, bu so‘zlar ispaniyalik mutaxassisning umidsizlikdan chiqqan qichqirig‘i bo‘lib, u futbolchilar taktik ko‘rsatmalarini bajarmayotganidan norozi edi. Alonsoga “Real” o‘yinchilarining norozi qiyofasi va intizomsiz munosabati yoqmasdi.

Aksariyat manbalar “Real” o‘yinchilarining hammasi ham Xabi Alonsoga xayrixoh emasligi haqida bir necha bor ma’lumotlar tarqatgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!