Xabi Alonso: Meni kutmanglar!

  • 19.01.2026 13:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan Xabi Alonsoning kelajagi futbol jamoatchiligini qiziqtirib kelayotgan eng dolzarb mavzuga aylandi.

Yaqinda ishdan bo’shatilgan ispaniyalik mutaxassis ishga qaytishga shoshilmayapti.

Biroq Alonso ishdan olingan kundan beri turli klublar, asosan Angliya jamoalari, uning xizmatlariga qiziqish bildirgani aytilmoqda.

Times Sport ma’lumotiga ko‘ra, Alonso Angliya Premier-ligasida ishlash istiqbolini qiziq, deb hisoblaydi. Shunga qaramay, u joriy mavsum oxirigacha dam olishni rejalashtirgan. Xabi Alonso barcha takliflarni iyun oyida ko‘rib chiqadi.

Xabi Alonso o‘tgan yil yozida “Real”ni qabul qilib olgan edi. Uning Madriddagi faoliyati muvaffaqiyatsiz chiqdi. Undan avval esa, Alonso Leverkuzenning “Bayer” klubida juda zo‘r faoliyat olib borgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!