Xabi Alonso “Real”ga kutilmagan futbolchini olib keladi

  • 24 iyun, 19:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ni qabul qilib olganidan keyin Xabi Alonso tarkibni o‘ziga moslashtirishga katta urg‘u beryapti. Ispaniyalik mutaxassis klub rahbariyatidan raqib jarima maydonchasi ichida ustunlik qila oladigan forvard olishni so‘rayapti.

Tecno

Ispaniyadagi manbalarga ko‘ra, Xabi Alonso bu vazifani bajarish uchun germaniyalik hujumchi Niklas Fyullkrugni tanlagan. Bosh murabbiyiga muntazam o‘yin amaliyoti talab qiladigan yulduz emas, kerakli vaziyatda o‘yinga qo‘shilib, natijaga ta’sir o‘tkazadigan tajribali forvard kerak.

Aslida Xabi Alonso 33 yoshli Ante Budimirga ko‘z tikkan edi. Xorvatiyalik futbolchi bilan muzokara to‘xtab qoldi.

Niklas Fyullkrug o‘z davrida “Borussiya Dortmund”da porlaganidan keyin “Vest Xem”ga yo‘l olgan edi. Biroq Angliya Premer-ligasida ishi yurishmagan o‘yinchi muhitni o‘zgartirishga tayyorligi aytilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!