Xabi Alonso “Real”ga qanaqa hujumchi kerakligi aytdi. Mbappe ham, Vinisius ham bu rolga mos emas!

  • 13 may, 23:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Xabi Alonso o‘zi yo‘lga qo‘yadigar o‘yin uslubiga mos charm to‘p ustalarini saralashga kirishgan.

Tecno

COPE nashriga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis o‘ziga yaqinda “Qirollik klub”da o‘ynab ketgan Xoseluga o‘xshash hujumchi kerakligini ta’kidladi. Uning aytishicha, oldingi chiziqda bo‘yi baland forvard bo‘lishi shart. U ikkinchi qavatdagi kurashlarda g‘olib chiqishi va muntazam gol urishi talab etiladi.

Ma’lumki, 35 yoshli Xoselu 2023-2024 yillar davomida “Real” sharafini himoya qilib, jami 51 ta uchrashuvda 19 ta gol urgan edi. Ayni paytda bu hujumchi Qatar chempionatida to‘p tepyapti.

Bundan tashqari, Xabi Alonso klub rahbariyatidan “Real” tarbiyalanuvchisi Niko Pasni ortga qaytarishni so‘ragan. Madridliklar iqtidorli yarim himoyachni o‘tgan yili “Komo”ga 6 million evroga sotib yuborgandi.

Niko Italiya chempionatining 33 ta uchrashuvida oltita to‘p kiritib, jamoadoshlariga 9 ta golli pas uzatdi va ishonchli o‘yinlari bilan A Seriya kashfiyotlaridan biri bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
14/05/2025 13:37
Холланд