Xabi Alonso: "Vinisius bilan bog‘liq vaziyat yopildi"

  • 31 oktabr, 14:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso Vinisius Junior bilan sodir bo‘lgan mojaro haqida gapirdi.

Tecno

"Chorshanba kuni, ikki kunlik damdan so‘ng jamoa bilan yig‘ildik. Vinini xulqi ajoyib edi, u samimiy gapirdi va men bundan mamnun bo‘ldim. Masala hal bo‘ldi.

Bu juda qadrli va ijobiy bayonot edi. U yurakdan gapirdi, jamoaga va muxlislarga nimani etkazmoqchi ekanini aytdi. Eng muhimi — u hammasini jamoadoshlariga va muxlislarga tushuntirdi. Shu kunning o‘zida vaziyat yopildi.

Biz hammamiz bir qayiqdamiz va bir yo‘nalishda harakat qilyapmiz", — dedi Xabi Alonso.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona"ga qarshi uchrashuvda (2:1) Vinisius almashtirish paytida jahli chiqib, bosh murabbiyga qo‘l bermagan edi. Keyinchalik braziliyalik futbolchi uzr so‘radi, ammo Alonso haqida gapirmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!