Xabib Nurmagomedov Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi
UFC’ning engil vazn toifasidagi sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov "Manchester Siti" klubi qarorgohiga tashrifi chog‘ida o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov bilan uchrashdi. Mashhur sportchi uchrashuvdan so‘ng Husanov haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"U bilan bir soat davom etgan uchrashuvimizda bir og‘iz ham gapirmadi. Alloh seni asrasin, birodar. Butun O‘zbekiston xalqining sendan umidlari katta. Bo‘shashma va oldinga intil", — deb yozdi Nurmagomedov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, himoyachi Abduqodir "shaharliklar»"safida APLning 20-turidan o‘rin olgan "Chelsi"ga qarshi (1:1) uchrashuvda zahiradan maydonga tushgan edi.
Fikrlar