Xabib Nurmagomedov: "Jon Jons menga do‘st bo‘lolmaydi"
MMA afsonasi Xabib Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlarga yangi post joylashtirdi va unda og‘ir vaznda amaldagi chempion Jon Jons haqida gapirdi.
"Menda Jon Jons bilan qandaydir kelishmovchiliklar bo‘lmagan. Ammo uning do‘stim Deniel Korme bilan munosabatlari ancha yomon. Shunday ekan, do‘stimning dushmani menga do‘st bo‘lolmaydi", - deb yozdi Xabib.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yil o‘tkazilgan "UFC 182" turnirida Jon Jons hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Deniel Kormeni mag‘lub etgandi.
Fikrlar