Xabib Nurmagomedov Qatar-2022 turniridagi favorit jamoalarni aytdi

  • 21 noyabr, 2022, 15:48
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Qatardagi jahon chempionatidagi jamoalar orasidan 3 ta favoritni aytdi.

"O‘ylaymanki, Angliya juda yaxshi o‘yin ko‘rsatadi, shuningdek, Braziliya va Niderlandiyani ham ushbu ro‘yxatga qo‘shgan bo‘lar edim", - deya fikr bildiradi dog‘istonlik sobiq sportchi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Argentina, Ispaniya, Frantsiya, Xorvatiya, Germaniya va Belgiya kabi boshqa top-jamoalar ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Qatar jahon chempionati kecha, 20 noyabr kuni mezbonlar va Ekvador o‘rtasidagi uchrashuv bilan boshlandi. Jahon chempionatining final o‘yini 18 dekabr kuni Lusail shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!