
Xabib Nurmagomedov va Islom Maxachev nima bu qadar muvaffaqiyatli? Taniqli sharhlovchi barcha sirlarni ochib tashladi
UFC ning taniqli sharhlovchisi Jo Rogan rossiyalik Xabib Nurmagomedov va Islom Maxachevning jahon MMA arenasidagi muvaffaqiyati haqida gapirdi.
"Xabib va Islomning mashg‘ulotlari nihoyatda mashaqqatli. Shu sabab ular kuchli chidamlilikka erishgan. Ularning intizomi tengsiz darajada. Qizlar, telefonlar, video o‘yinlar yoki boshqa chalg‘itadigan narsalar yo‘q. Ularning kun tartibi ovqatlanish, dam olish va mashg‘ulotdan iborat xolos. Shuning uchun Maxachev va Nurmagomedov hali hamon ajoyib sport formasida" - dedi Rogan o‘z podkastida.
Eslatib o‘tamiz, Islom Maxachev oxirgi jangida braziliyalik Renato Moykanoni 1-raunddayoq sabmishn evaziga mag‘lub etgandi.
Fikrlar