Xabib Nurmagomedov: Yil ohiriga qadar ikkita jang o‘tkazaman

UFC engil vazn chempioni Xabib Nurmagomedov oktagonga qachon ko‘tarilishni rejalashtirayotganini aytib o‘tdi.

- Sentyabrda qaytishni rejalashtiryapman. Xozirda, promoushen bilan muzokaralar olib bormoqdamiz, umid qilamanki, 7 sentyabr kuni jang qilaman.

Aytib o‘tishim joizki, yil ohiriga qadar yana bir jang o‘tkazishni xohlardim, - dedi Xabib Rossiya iqtisodiyot universiteti talabalari bilan uchrashuvda.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov ohirgi jangini UFC 239 turnirida Konor MakGregorga qarshi o‘tkazib g‘alaba qozongandi. Xozirda, ushbu turnirda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar uchun diskvalifikatsiyaga uchragan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!