
Xabib Nurmagomedovga tegishli maktab yopiladi
UFC shon-shuhrat zali a’zosi Xabib Nurmagomedovga tegishli bo‘lgan va Maxachqal’ada (Dog‘iston Respublikasi) joylashgan Abdulmanap Nurmagomedov nomidagi jang san’atlari maktabi yopiladi. Bu haqda "Mash" telegram kanali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, klub o‘rnida turar-joy majmuasi quriladi. Yangi zal 2026 yilda Xabibning tug‘ilgan qishlog‘ida ochilishi kutilmoqda. Ammo hozircha, bu biror rasmiy tomonidan tasdiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, yozda huquq-tartibot idoralari vakillari Abdulmanap Nurmagomedov nomidagi jang san’atlari maktabida tintuv o‘tkazib, Dog‘istondagi hujumda ishtirok etgan jangarilardan biri Gajimurod Kagirov haqida maktab o‘quvchilarini so‘roq qilgandi.
Fikrlar