Asosiy mazmunga oʻtish

Muxlis minbari

Xalil Rauntri: "O‘sha bahsda orzularim ushalayotganini, to‘g‘ri yo‘lda ketayotganimni his qildim"

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Xalil Rauntri amaldagi chempion Aleks Perreyradan uchralgan mag‘lubiyatni esladi.

Yarim og‘ir vazn toifasida UFC sobiq chempioni Xalil Rauntri ushbu vaznda amaldagi chempion Aleks Perreyradan uchralgan mag‘lubiyatni esladi.

“Yodimda, bahsning har bir soniyasi, hatto Aleks meni yiqitganda ham xursand edim. Orzularim ushalayotganini, to‘g‘ri yo‘lda ketayotganimni his qildim. Mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsam ham kelajakda yana chempion bo‘lishni xohlayman va bu maqsadimga erishish uchun bor kuchimni sarflayman” — dedi Xalil.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil oktyabr oyida Perreyra to‘rtinchi raundda Rauntrini texnik nokaut bilan engandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q