Xalqaro kriket kengashi vakillari Toshkentda bo‘lishdi

  • 14 iyul, 2022, 14:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Ommaviyligi jihatidan futboldan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi va bugungi kunga kelib jahonning 4 milliarddan ortiq aholisining sevimli sport turiga aylangan kriket xalqimiz o‘rtasida ommalashmoqda.

Tecno

2020 yili O‘KF raisi Aziz Mixliev BAAning Dubay shahrida Xalqaro Kriket Kengashi (ICC) va Osiyo Kriket kengashi (ACC) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston kriket federatsiyasining xalqaro va Osiyo kriket kengashi a’zoligiga qabul qilinishi masalasi muhokama qilingandi. Ushbu uchrashuvda ular mamlakatimizda kriket sport turining tezroq rivojlanish bosqichiga o‘tishiga xayrixoh ekanliklarini bildirishgan edi. O‘zaro kelishuvga muvofiq, xalqaro kriket kengashi (ICC)ning Osiyo mamlakatlarida kriketni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, oliy toifali xalqaro ekspert, janob Iqbol Sikander va ICCning moliyalashtirish ishlari menejeri Nitesha Kotariylar 11-13 iyul kunlari Toshkentda bo‘lishib, O‘KF faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, ekspertlar O‘zbekiston kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliev hamrohligida Sportni rivojlantirish vazirligiga tashrif buyurishdi. Ularni vazir o‘rinbosari Abdulla Aslonov qabul qildi. Uchrashuvda tomonlar kriket sport turini mamlakatimizda rivojlantirish va hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishdi. O‘z navbatida Sportni rivojlantirish vazirligi kriket sport turini ommalashtirish borasida hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

photo_2022-07-14_12-06-55

Shundan so‘ng mehmonlar Chirchiq shahrida joylashgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida, Qibray tumanida qurilayotgan kriket maydonida hamda Yunusobod tumanidagi 258-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida "Anfa" kriket klubining yangidan barpo etilgan, xalqaro standartlarga mos tarzdagi mashg‘ulot maydonida bo‘lishdi. Tashrif doirasida shuningdek, mehmonlar va O‘zbekiston kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliev poytaxtimizdagi milliy matbuot markazida OAV xodimlari ishtirokidagi matbuot anjumanida jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

photo_2022-07-14_12-06-56

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!