Xames: "Bavariya" bilan sovrinlar yutmoqchiman

CHERY AUTO

“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges kelajakda myunxenliklar bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritish niyatida ekanligini aytib o‘tdi.

Tecno

“Men barcha musobaqalarda g‘olib chiqmoqchiman va bu borada “oltin xet-trik” ajoyib bo‘lar edi. Avval ham aytganimdek bizda buning uchun barcha narsa etarli. Jamoamizda o‘z ishining haqiqiy ustalari jamlangan. Biroq, biz har qanday vaziyatga tayyor turishimiz va har bir uchrashuvga munosib tayyorlanishimiz lozim”, - deydi kolumbiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” ayni damda Bundesligada yaqqol etakchilik qilmoqda. Myunxenliklarga Chempionlar ligasi 1/8 finalida Turkiyaning “Beshiktosh” klubi raqiblik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!