Xames "Napoli" bilan muzokaralarni nega to‘xtatdi?

  • 8 iyul, 2019, 13:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges “Napoli” bilan bo‘layotgan muzokaralarni to‘xtatdi.

Tecno

Gol Caracol nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kolumbiyalik futbolchi o‘ziga "Atletiko"dan qiziqish bo‘layotganidan xabar topgach, neapolliklar bilan muzokaralarni ma’lum muddat to‘xtatishga qaror qilgan. U endilikda “matraschilar”dan rasmiy taklif bo‘lishini kutmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Xames “Atletiko” variantini “Napoli”dan yaxshiroq deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli futbolchi so‘nggi ikki mavsumni Myunxenning “Bavariya” klubida ijarada o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!