Xames Rodriges "Napoli"ga o‘tmasligi mumkin

  • 14.07.2019 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid klubi yarim himoyachisi Xames Rodrigesning "Napoli"ga o‘tishi so‘roq ostida qolmoqda.

“Muzokaralardagi asosiy muammo bu – “Real”. Biz bo‘sh kelmaymiz va ularning talablarini bajarmoqchi emasmiz. Biz tarkibni kuchaytirish borasida ishlar olib boryapmiz, futbolchilar sotyapmiz va sotib olyapmiz. Lekin bu borada xato qilishni xohlamaymiz”, - deydi "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis.

Eslatib o‘tamiz, “Real” kolumbiyalik futbolchini 42 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas. “Napoli” esa buncha to‘lashni xohlamayapti. Biroq, ma’lumotlarga ko‘ra PSJ ham Xamesga qiziqib qolgan va uni qo‘lga kiritish uchun “Real”ga 42 mln evro to‘lashga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!