Xames Rodriges uchun APLning 3 ta granda o‘zaro kurash boshladi

  • 24 may, 2019, 19:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari "Real" xavbeki Xames Rodrigesga jiddiy qiziqib qolishdi.

Tecno

The Mirror nashrining xabar berishicha ushbu jamoalar yozgi transferlar davrida 27 yoshli kolumbiyalik futbolchini sotib olishga urunib ko‘rishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Xames so‘nggi ikki mavsumdan buyon “Bavariya” safida ijara asosida to‘p surib kelmoqda va shu bois myunxenliklarda uni 42 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqi mavjud. Biroq, nemis grandi uni tarkibda olib qolmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Xames joriy mavsum “Bavariya” safida jami 28ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!