Xames yozda aniq "Bavariya"dan ketadi, chunki...

  • 18 mart, 2019, 21:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges yana "Real"ga qaytishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 27 yoshli kolumbiyalik futbolchi jamoa bosh murabbiyi Niko Kovach bilan kelisha olmayapti va shu boisdan ham jamoadan ketmoqchi. Endi u yozda o‘zining qonuniy jamoasi hisoblangan “Real”ga qaytadi. Uning “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Agar, u Madridga qaytmasa boshqa jamoaga o‘tishga ham tayyor.

Ma’lumot uchun, Xames joriy mavsum myunxenliklar safida jami 28ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!