Xamesning otasi uni qaysi jamoaga o‘tishini xohlamoqda?
"Real" Madrid klubi yarim himoyachisi Xames Rodrigesning otasi o‘g‘li "Napoli"ga o‘tishi kerak deb hisoblaydi.
“Xames jamoasini o‘zgartirishi kerak. “Napoli” esa uning uchun eng yaxshi variant bo‘lardi deb hisoblayman. Bu katta klub. Qolaversa, Karlo Anchelotti ham uning o‘yinini qanday yaxshilashni biladi. Agar kelishuvlar muvaffaqiyatli yakunlansa, men kelajakka ijobiy ruhda qarayman”, - deydi kolumbiyalik futbolchining otasi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” Xames uchun 55 mln evro talab qilmoqda, “Napoli” esa ushbu narxni pasaytirishni xohlamoqda. Ayni damda tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, Xames 2014/15 yillarda “Real”da Anchelotti qo‘l ostida o‘ynagan va 46 ta uchrashuvda 17ta gol hamda 18ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishgan.



Fikrlar