Hans-Diter Flik: "Javob oʻyinida kurashamiz"

  • 13.02.2026 03:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya Kubogi yarim finali birinchi uchrashuvida "Atletiko"dan (0:4) qabul qilingan mag'lubiyatga munosabat bildirdi.

"O'yinimiz yaxshi bo'lmadi. Endi javob bahsi haqida o'ylashimiz kerak. Juda qiyin bo'ladi, ammo biz kurashamiz.

Tanaffusda turli vaziyatlarni muhokama qildik va qanday qilib yaxshiroq harakat qilish mumkinligini ko'rib chiqdik. Birinchi bo'limda men ko'rishni istagan jamoani ko'rmadim", — dedi mutaxassis.

Shuningdek, u Kubarsining bekor qilingan goli haqida ham to'xtaldi.

"Nega bu ofsayd ekani menga qiziq. Qanday qaror qabul qilinganini bilmayman. Biz buni qabul qilishimiz kerak, ammo men rozi emasman", — deya fikr bildirdi Flik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!