Xarri Keyn AQShga qarshi o‘yinga tayyor bo‘ladimi?

  • 24.11.2022 19:12
  • Odilbek Fayzullayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xarri Keyn Eronga qarshi uchrashuvda jarohat olgandi. Futbolchi to‘pig‘i bilan muammosi bor edi. "Tottenxem" hujumchisi oldin ham to‘pig‘idan jarohat olgandi. Shu sababli, bunisi jiddiy bo‘lishi mumkin degan tahminlar bor edi. Ammo Angliya rasmiy futbol federatsiyasi tvitter sahifasi orqali futbolchi mashg‘ulotlarda qatnashyotganini ma’lum qildi.

Angliyani oldinda AQSh ga qarshi o‘yin kutmoqda. Keyn ushbu bahsda maydonga tushadi. Bu xabarni terma jamoa bosh murabbiyi Sautgeyt tasdiqladi. "Biz havotir olgan edik. Hayriyatki, hammasi joyida," – deya qo‘shimcha qildi 52 yoshli mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!