Xarri Keyn faoliyatidagi 200-golini urdi
Xabaringiz bor ayni damda Angliya premer-ligasining 30-turida “Tottenxem” o‘z maydonida “Sautgempton”ga qarshi bahs olib bormoqda.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida Xarri Keyn gol urib “shporlar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. E’tiborlisi, bu 25 yoshli angliyalik futbolchi uchun professional faoliyatidagi yubiley 200-gol bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Keyn joriy mavsum APLda jami 25ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. U hozircha musobaqa to‘purarlar jadvalida “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh bilan birga 2-o‘rinni bo‘lishib turibdi.



Fikrlar