Xav’er Mendes: "Islom Maxachevning 3 ta vaznda chempion bo‘lishiga ishonmayman"

  • 04.09.2025 12:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AKA zali asoschisi Xaver Mendes rossiyalik Islom Maxachevning UFC dagi kelajagiga shubha bildirmoqda.

“Menimcha, UFC da uchta vazn toifasida chempion bo‘la oladigan yagona jangchi Xabib Nurmagomedov edi. Maxachevga esa ishonchim komil emas. Bundan tashqari, Islomning nimani xohlashini ham aniq ayta olmayman. Balki u yarim o‘rta vaznda chempion bo‘lgach, bir necha kamar himoyasini o‘tkazishni istar... Shundan so‘ng, karerasiga nuqta qo‘ysa ham ajab emas”, — dedi Mendes "Sportskeeda" ga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Maxachev (27-1) 16 noyabr kuni "UFC 322" turnirida yarim o‘rta vaznda amaldagi chempion Jek Della Maddalena(18-2)ga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!