Xaver Mendez: “Iliya Topuriya deyarli mukammal jangchi, lekin bir nuqsoni bor”

  • 20.10.2025 21:57
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

AKA zalining asoschisi va taniqli murabbiy Xaver Mendez UFC ning engil vaznda (70 kg) amaldagi chempioni Iliya Topuriyaning zaif tomoni haqida gapirdi.

“Iliya deyarli mukammal jangchi, lekin to‘liq emas. Uning boks mahorati juda kuchli, shuning uchun Topuriya bilan "stoyka" da kurashishda ehtiyot bo‘lish lozim. Biroq uning oyoq zarbalarida kamchilik bor. Gruziyalikka qarshi jangda shu jihatdan ishlash kerak. Muaytay Iliyaga qarshi samarali qurol bo‘lishi mumkin”, - dedi murabbiy.

Ma’lumot uchun, Topuriya professional MMA da hozirga qadar 17 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida quchgan. G‘alabalarning 7 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!