Xavi "Barsa" murabbiyi sifatida ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi
La Liga 16-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real Betis" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mezbonlar 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bellashuvning 79-daqiqasida Xuanmi tomonidan kiritilgan gol o‘yin taqdirini hal qildi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng "Betis" ochkolari sonini 30 taga etkazib olgan holda, La Liga turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 23 ochkoga ega "ko‘k-anorranglilar" esa 7-pog‘onani band etgan.

Fikrlar