Xavi "Barselona" safida antirekord o‘rnatdi
"Barselona"ning Chempionlar ligasi safar o‘yinlarida omadi kelmayapti.
Kataloniyaliklar guruh bosqichi 3-turi doirasidagi bahsda Milanda “Inter”ga minimal hisobda mag‘lub bo‘lishdi. Shu tariqa, jamoa Xavi Ernandes bosh murabbiy etib tayinlanganidan beri Chempionlar ligasida qatorasiga uchinchi mehmondagi mag‘lubiyatini qabul qildi. Bu klubning barcha davrlardagi antirekordi hisoblanadi. E’tiborlisi, “ko‘k-anorranglilar” La Ligada Xavi qo‘l ostida 18 ta safar o‘yinida mag‘lubiyatga uchramagan, bu esa chempionat rekordi hisoblanadi.
“Inter”ga yutqazib qo‘ygan “Barselona” uch ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. 12 oktyabr kuni jamoalar "Kamp Nou"da yana to‘qnash kelishadi.

Fikrlar