Xavi “Barselona”dan qanday vaziyatda ketishini aytdi

  • 16.10.2022 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoani qaysi vaziyatda tark etishi haqida o‘z qarashlarini ma’lum qildi.

Fanatlarning mening imkoniyatlarim borasida ikkilanayotganini tushunaman, lekin o‘zimning qaerda ekanimni ham yaxshi bilaman. Men "Barselona"ga vaziyatni o‘zgartirgani kelganman va bunga erisha olamiz. Harakatdan to‘xtamayman.

Agar vaziyatni o‘zgartirish qo‘limdan kelmay qolsa, buni ochiq aytaman va klubdan ketaman. Men klubga muammo bo‘lmayman.

Hamma shubha ostida bo‘ladi: o‘yinchilar, murabbiylar, transferlar. Lekin biz erishgan narsalarim bilan to‘xtab qololmaymiz, - dedi Xavi Ernandes.

Ma’lumki, “Barselona” Xavi qo‘l ostida Chempionlar  ligasi guruh bosqichida o‘z maydonida “Inter”ni engolmaganidan keyin murakkab vaziyatga tushib qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!