Xavi bu futbolchini "Barsa"da olib qolmoqchi, ammo...
Jurnalist Jerar Romeroning so‘zlariga ko‘ra, "Barselona" hali ham frantsiyalik vinger Usmon Dembele bilan shartnomani uzaytira olishiga ishonmoqda.
Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes futbolchining qolishini istamoqda. Dembelening o‘zi ham qolishni istaydi, ammo uning agenti bu kelishuvga xalaqit berishi mumkin.
Qayd etilishicha, tomonlar kelishuvga erisha olishsa, u holda Dembelening yangi shartnoma bo‘yicha maoshi joriy mavsum oxirida tugaydigan amaldagi shartnomaga qaraganda 6 million evroga kam bo‘ladi.
24 yoshli Dembele joriy mavsum “Barselona” safida jami 9 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar