
Xavi: Dembele meni aldadi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes frantsiyalik yarim himoyachi Usmon Dembeledan yangi shartnoma imzolash bilan bog‘liq vaziyatda ranjidi.
Xabarlarga qaraganda, 20 dekabr kuni Kataloniya klubida ikki soatlik yig‘ilish bo‘lib o‘tgan va unda frantsiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish masalasi muhokama qilingan.
Qayd etilishicha, ushbu uchrashuvda Dembele Xavi qo‘l ostida jamoaning asosiy va eng muhim qismi bo‘lishi aytilgan. Futbolchining o‘zi qolish va "Barselona"ning muhim qismiga aylanish istagi haqida gapirgan. Ikkala tomon ham shartnoma yangilanishiga ishonchi komil edi.
Endi muzokaralar Dembelening ko‘p talablari tufayli barbod bo‘lganidan so‘ng, Xavi frantsiyalik futbolchi uni aldagan deb hisoblamoqda.
Ma’lumot uchun, Dembelening “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar