Xavi Gvardiola sababli o‘ziga bo‘lgan bosim haqida gapirdi
Xavi Pep Gvardiola bilan solishtirish unga bosim o‘tkazganini tan oldi.
“Pep Gvardiola figurasi murabbiy sifatida menga bosim o‘tkazmoqda. Menimcha, bu adolatdan emas. Futbolchi bo‘lganimda ham shunday bo‘lgan. Hammamiz o‘zimiz yangi sahifa ochadigan vaqt keldi”, - dedi “Barselona” bosh murabbiyi TV3 telekanalida.
Gvardiola 2008 yildan 2012 yilgacha “Barselona”ni boshqargan. Klub bilan u 14 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar