Xavi katta umidlar bilan olib kelingan yulduzni nega o‘ynatmaganini aytdi

  • 17 may, 2024, 19:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati yanvar oyida Braziliyadan Vitor Rokeni olib kelgan edi. Bosh murabbiy Xavi Ernandes unga etarlicha o‘yin amaliyoti bermadi.

Tecno

Buning oqibatida braziliyalik futbolchining agentlari unga boshqa variantlar qidira boshladi.

Kataloniyaliklar “Atletiko Paranaense” tarbiyalanuvchisini olib kelish uchun umumiy hisobda 61 million evro sarflaydi. Shundan 30 million evro belgilangan summa va 31 million evro bonus sifatida to‘lanishi kerak. Bu kelishuv o‘tgan yozda amalga oshirilgan va Vitor Roke qishda jamoaga etib kelgandi.

Vitor Rokening qishda jamoa safiga qo‘shilishi rejamizda yo‘q edi. Rejaga ko‘ra, u Braziliyada qolib, o‘yinini rivojlantirishi ko‘zda tutilgandi. Gavi va Alexandro Baldening jarohati uning Evropaga kelishiga yo‘l ochdi.

Bu borada bahslashishdan foyda yo‘q. U hozir mashg‘ulotdagi futbolchi hisoblanadi. Undan o‘tib ketgan o‘yinchilar ham bor. Vitor Roke shu paytgacha faqat yoshlar bilan o‘ynagan, - dedi Xavi Ernandes.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!