
Xavi Qatarni "yondirmoqda"
"Al-Sadd" klubi bosh murabbiyi Xavi Qatar yulduzlar ligasining fevral va mart oylaridagi eng yaxshi murabbiyi, deb topildi. Bu haqda chempionat rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
O‘tgan 2 oy davomida ispaniyalik mutaxassis boshqaruvidagi jamoa 3 ta o‘yin o‘tkazdi. Shularning 2 tasida g‘alaba va 1 tasida durang qayd etildi.
Qayd etish lozimki, Xavi ushbu mukofotni joriy mavsum 4-marta qo‘lga kiritmoqda. Bungacha u sentyabr, oktyabr va yanvar oylarida ham Qatar chempionatining eng yaxshi murabbiyi bo‘lgandi.
Xavi "Al-Sadd"ni 2019 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa bu mavsum muddatidan avval chempionlikni naqd qilib qo‘ydi.
Fikrlar