
Xavi “Real” yulduzini himoya qildi
“Real” hujumchisi Vinisius Juniorning golni nishonlash uslubi ko‘pchilikka ma’qul kelmayapti. Madridliklarning ashaddiy raqibi “Barselona” bosh murabbiyi bu borada ancha bag‘rikeng ekanini ko‘rsatdi.
- Mening fikrim shuki, har kim golni o‘zi istagancha nishonlaydi. Agar uning xatti-harakatlarida raqibga nisbatan hurmatsizlik bo‘lmasa, bunda hech qanday muammo yo‘q.
Men ham futbolchilik davrimda gollarimni jamoadoshlarim bilan nishonlashni yaxshi ko‘rardim. Chunki futbol jamoaviy o‘yin, - dedi Xavi Ernandes.
Eslatib o‘tamiz, “Malorka” bilan bo‘lgan uchrashuvda raqib bosh murabbiyi Xaver Agirre shogirdlariga Vinisiusga jarohat etkazishni buyurgani ancha muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Fikrlar