
Xavi to‘rt yulduzdan voz kechdi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes tarkibni tozalashni davom ettirmoqda. Ispaniyalik mutaxassis yana to‘rt yulduz bilan xayrlashishga tayyor.
Diario Sport nashrining ta’kidlashicha, kataloniyaliklar bosh murabbiyga kerak bo‘lmay qolgan va o‘ta katta maosh olayotgan o‘yinchilar bilan xayrlashishga qaror qilgan.
Unga ko‘ra, pleymeyker Frenki de Yong, tajribali himoyachilar Jerar Pike va Jordi Alba, hujumchi Memfis Depay bundan buyon Xavi Ernandesni qiziqtirmayapti.
Ayni paytda Xavi ixtiyorida beshta markaziy himoyachi va uchta chap qanot himoyachisi bor. Ularning aksariyati o‘yin amaliyotisiz qolib ketmoqda. Shunga qaramay, maoshni to‘liq olishyapti.
Fikrlar