
Xavi va "Barselona"ning kechagi bahsdan so‘ng rejalari o‘zgardi
Xavi "Barselona"ning endilikdagi maqsadi haqida gapirdi.
Qayd etish lozim, kecha "Barselona" "Real"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, chempionlik uchun kurashni deyarli boy berdi.
"Hozir kelajak haqida gapirishning vaqti emas. Biz bu mag‘lubiyatni hazm qilishimiz hamda "Valensiya" bilan o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak. Oldinda oltita uchrashuv bor va ishlashimiz talab etiladi.
La Ligada g‘alaba qozonish nihoyatda qiyin bo‘ladi. Shu sababli, maqsad keyingi yil Ispaniya Superkubogiga chiqish (buning uchun klub Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritish talab etiladi). Har doim maqsadlar topiladi", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar