Xavi yana bir talantdan voz kechdi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoani o‘ziga kerak bo‘lmaydigan o‘yinchilardan tozalashni davom ettirmoqda.
Kataloniyaliklar yoz ichi 23 yoshli himoyachi Oskar Mingesni sotib yuborishga qaror qildi. Shu orqali klub maosh fondini engillatmoqchi.
Bu himoyachining narxi 5 million evroni tashkil qiladi. Arzon narx uning yangi jamoa topishida muhim omil hisoblanadi.
Tabiiyki, Mingesga superklublar xaridor bo‘lmadi. Iste’dodli o‘yinchi Ispaniya chempionatining o‘rtamiyona jamoalaridan bo‘layotgan takliflardan birini qabul qilishiga to‘g‘ri keladi.
Minges o‘tgan mavsum Ispaniya chempionatida 19 marta maydonga tushib, bitta golli pas muallifi bo‘ldi xolos.

Fikrlar