Xaynkes: "Bavariya" birinchi bo‘limdayoq yutqazib bo‘lgan edi
“Bavariya” klubi bosh murabbiyi Yupp Xaynkes kecha Bundesliganing 13-turida bo‘lib o‘tgan Myunxengladbaxning “Borussiya” (2:1) jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz birinchi bo‘limning o‘zidayoq yutqazib bo‘lgan edik va dastlabki 45 daqiqalikda hech nima qila olmadik. Biz bu o‘yinda juda sust harakat qildik va tezlikni oshirishga harakat qilmadik. Shu bois to‘g‘ri ritmni topa olmadik. Ikkinchi bo‘limda biz gol urishga muvaffaq bo‘ldik, ammo, “Borussiya” futbolchilari juda yaxshi himoyalanishdi”, - deydi 72 yoshli mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Yupp Xaynkes “Bavariya” boshqaruviga qaytganidan so‘ng kecha ilk bor mag‘lubiyatga uchradi. Uning shogirdlari bunga qadar ketma-ket 9ta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib kelishayotgan edi.

Fikrlar